Tezkor kassa (POS)
Shtrix kod yoki kamera, dona / optom / do‘kon narxi, chegirma, qarzga sotish, chek. Bir nechta savat parallel.
- 3 soniyada bitta sotuv
- Pachka va razmer bilan sotish
- Naqd · karta · o‘tkazma · qarz
Tovar, sotuv, kassa, qarzdorlar, mijozlar CRM, hisobotlar va xodimlar nazorati — barchasi bitta tez va tushunarli dasturda, telefon va kompyuterda.
Bank kartasi talab qilinmaydi · 14 kun bepul
Kassadan HR gacha. Har bo‘lim o‘z ishini qiladi, raqamlar esa bitta bazada — egasi hammasini bir ekranda ko‘radi.
Shtrix kod yoki kamera, dona / optom / do‘kon narxi, chegirma, qarzga sotish, chek. Bir nechta savat parallel.
Rang, razmer, pachka va partiya kesimida aniq qoldiq. Tezkor kirim, inventarizatsiya, kam qolgan tovar ogohlantirishi.
Har qarzning o‘z muddati. Kechikkanlar qizil, mijozga Telegram o‘zi eslatadi, to‘lov tarixi bir joyda.
Har mijozning kartochkasi: xaridlari, qarzi, izohlar, eslatmalar, teglar. Bitimlar bosqichma-bosqich (amoCRM uslubida), segmentlar: VIP, uxlab qolgan, yangi.
Xodimlar ro‘yxati, rollar va bo‘lim bo‘yicha ruxsatlar, kassir KPI (sotuv, chek, qaytarish), amallar tarixi. Kim nima qilgani — doim ko‘rinib turadi.
Foyda va marja, ABC tahlil, turgan tovar, qarz toifalari, kassir va tovar hisobotlari — bitta "Biznes holati" sahifasida.
Mijoz o‘zi qarzini, xaridlarini ko‘radi, buyurtma qoldiradi. Har xaridda avtomatik xabar, qarz muddatida eslatma.
Kassada kompyuter, yo‘lda telefon — bitta baza. Egasiga push-bildirishnoma: kunlik yakun va muhim o‘zgarishlar.
Kirim hujjatlari, yetkazuvchi balansi, dollar va so‘mda xarid, tannarxning avtomatik hisoblanishi.
Shtrix kod, klaviatura tugmalari va bir zarbli to‘lov. Kassir 10 daqiqada o‘rganadi.
Do‘kon xodimlarsiz ishlamaydi — lekin nazoratsiz ham bo‘lmaydi. Sellz HR bo‘limi har xodimga aniq rol beradi va natijasini raqamda ko‘rsatadi.
Kassir, omborchi, menejer, admin — har biriga alohida kirish. Yangi xodim bir daqiqada qo‘shiladi, ketganining kirishi bir tugma bilan yopiladi.
Ko‘rish / qo‘shish / tahrirlash — har bo‘lim uchun alohida. Kassir narx o‘zgartira olmaydi, omborchi kassani ko‘rmaydi.
Kim qancha sotdi, nechta chek, o‘rtacha chek, qaytarishlar — kun, hafta, oy kesimida. Bonus va ish haqini shu raqamlar asosida hisoblaysiz.
Har sotuv, qaytarish, narx o‘zgarishi va kirim — kim, qachon, nima qilgani bilan yoziladi. Tortishuvga o‘rin qolmaydi.
Qaysi tovardan nechta olindi, nechta sotildi, kim qildi va qachon — hammasi yozilib boradi. Hech narsa yo‘qolmaydi.
Bu — namunaviy ma‘lumot. Filtrlarni bosib ko‘ring — rostdan ishlaydi.
Biz do‘kon egalari bilan birga ishlab, ularning haqiqiy muammolaridan kelib chiqib qurdik.
Android ilova va brauzer bitta baza bilan ishlaydi: sotuv, qoldiq va qarzlar egasiga istalgan paytda ko‘rinadi.
Har mijozning kartochkasi: xaridlari, qarzi, izohlar va eslatmalar. Bitimlarni bosqichma-bosqich yuritasiz, Telegram bot mijozga o‘zi xabar beradi.
Rollar, bo‘lim bo‘yicha ruxsatlar, kassir KPI va amallar tarixi — kim nima qilgani doim ko‘rinib turadi.
Interfeys ham, qo‘llab-quvvatlash ham ona tilida. Muammoni tarjimonsiz hal qilasiz.
Tovar bazangizni ko‘chirib beramiz, xodimlarni o‘qitamiz. Ertasiga sotuvni boshlaysiz.
Har kuni avtomatik zaxira nusxa. Kompyuter buzilsa ham baza yo‘qolmaydi.
Kiyim-kechak va poyabzal savdosi uchun chuqur ishlangan — rang, razmer va pachka hisobi bilan. Chakana nuqtadan ulgurji omborgacha.
Tariflar imkoniyatlar bo‘yicha farqlanadi. Narx do‘koningiz hajmi va kassalar soniga qarab kelishiladi — bog‘laning, 15 daqiqada taklif beramiz.
Bitta do‘kon, 1–2 kassa
O‘sayotgan do‘kon va ulgurji savdo
Katta ombor va jamoa
14 kun bepul sinov · bank kartasi talab qilinmaydi · yangilanishlar va qo‘llab-quvvatlash narxga kiradi
Bizga bir kun bering, qolganini o‘zimiz qilamiz.
Menejer 15 daqiqa ichida bog‘lanadi va do‘koningiz uchun demo ko‘rsatadi.
Excel yoki eski dasturdagi tovarlaringizni biz o‘zimiz ko‘chirib beramiz.
Xodimlarni o‘qitamiz, kassani sozlaymiz — ertasiga ishlashni boshlaysiz.
Sellz POS — do‘kon va ulgurji savdo uchun boshqaruv dasturi: kassa, ombor, qarzdorlar, mijozlar CRM va hisobotlar bitta tizimda. Ayniqsa kiyim-kechak va poyabzal savdosi uchun — rang, razmer va pachka hisobini tushunadi.
Internetga ulangan telefon, planshet yoki kompyuter. Ma’lumotlar serverda saqlanadi — bir kassada sotilgan tovar egasining telefonida o‘sha zahoti ko‘rinadi.
Qiyin emas — buni biz bajaramiz. Excel fayl yoki eski bazangizni bersangiz, tovar, narx va qoldiqlarni joyiga qo‘yib beramiz.
Oddiy kompyuter yoki noutbuk yetadi. Shtrix kod skaneri va chek printeri ixtiyoriy — telefon kamerasi bilan ham skanerlash mumkin.
Ha. Har bir xodim o‘z logini bilan kiradi, bir nechta kassa va telefon bitta baza bilan ishlaydi; kim qancha sotgani kassir hisobotida ko‘rinadi.
Narx do‘koningiz hajmi, kassalar soni va kerakli modullarga qarab belgilanadi — bog‘laning, 15 daqiqada aniq taklif beramiz. Yangilanishlar va qo‘llab-quvvatlash narxga kiradi. Boshlashdan oldin 14 kun bepul sinab ko‘rasiz.
Yo‘q. Har bir xodimga aniq ruxsatlar beriladi, har bir amal tarixda qoladi — kim, qachon, nima qilgani ko‘rinib turadi.
Yo‘qolmaydi. Ma’lumotlaringiz saqlanib qoladi va istalgan paytda qaytib kirishingiz yoki eksport qilib olishingiz mumkin.
Demo so‘rang — menejer do‘koningiz misolida tizimni ko‘rsatib beradi. Bu bepul va hech narsaga majburlamaydi.